Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oziq-ovqatlar quvvat beradi, deb ishoniladi. Lekin har doim ham bunday emas. Ba’zi mahsulotlar faqat qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi, so‘ng uzoq vaqt charchoq va uyquchanlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi.

Suli yormasi (ovsyanka)

Ha, ha, eng foydali nonushtadan biri haqiqatan ham charchoqqa olib kelishi mumkin. Gap shundaki, suli yormasi kuchli va sog‘lom uyquga hissa qo‘shadigan triptofanga boy. Ertalab bir piyola yorma iste’mol qilsangiz, tushdan keyin uxlashni xohlab qolasiz.

Banan

Foto: Marie Claire

Ushbu mashhur meva (garchi botanik jihatdan banan rezavor bo‘lsa ham) kaliyga boy bo‘lib, u organizmda melatonin ishlab chiqarish uchun javob beradi. Shuningdek, asab tizimini tinchlantiradigan gamma-aminobutirik kislota (GABA) retseptorlari bilan bog‘lanadi. Shu tariqa ertalabdan yeyilgan bir-ikkita banan kechqurungi charchoq va uyquchanlikka olib keladi.

Olxo‘ri

Olxo‘ri B6 vitaminining manbai bo‘lib, u melatoninning biosintezini kuchaytiradi. Shu bois bu quritilgan mevani iste’mol qilgandan so‘ng uyqu tortishi tabiiy hol.

Foto: Marie Claire

Kivi

Kivi C vitamini va uyqu paytida tanani tinchlantiradigan karotinoidlarga boy. Agar kun davomida uxlashni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, kechgacha ko‘p miqdorda kivi yemaslikka harakat qiling.

Yog‘li baliq

Foto: Marie Claire

Losos balig‘i, midiya, tunets va boshqa yog‘li dengiz mahsulotlari D vitamini va omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, ular organizmga serotonin ishlab chiqarishni tartibga solishga yordam beradi. Serotonin esa uyqu va uyg‘onish siklida asosiy rol o‘ynaydi. Shunday qilib, kechki ovqatda baliqqa to‘ygandan so‘ng charchaganingizni his qilasiz.

Kurka go‘shti

Kurka go‘shti parhezbop hisoblanadi. Shu bilan birga, uning tarkibida yuqorida bayon qilingan triptofan mavjud. Shu bois hatto shunday sog‘lom taom ham energiyaning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Bodom

Foto: Marie Claire

Bodom tarkibida juda ko‘p miqdorda magniy mavjud bo‘lib, u ham chuqur uyqu uchun javobgardir. Bodomni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan keyingi ta’siri bunga mos keladi. Bundan tashqari, bu meva boy kaloriyaga (100 gramm uchun taxminan 600 kkal) ega, shuning uchun har bir narsada bo‘lgani kabi bunda ham me’yorni unutmaslik lozim.

Qayta ishlangan uglevodlar

Qayta ishlangan tez hazm bo‘luvchi uglevodlar (shirinliklar, oq guruch, makaron, non) nafaqat vazn ortishiga olib kelishi, balki tom ma’noda energiyani so‘rishi mumkin. Gap shundaki, ular qondagi qand miqdorini tezda oshiradi (shuning uchun qisqa muddatli kuch) va bu insulin darajasining pasayishi bilan birga keladi. Bu esa charchoq hissi paydo bo‘lishiga olib keladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »