Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kafelardan birida portlash sodir bo‘ldi, oqibatda urushni targ‘ib qiluvchi propagandachi bloger Vladlen Tatarskiy halok bo‘ldi. Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi qotillikni Ukraina maxsus xizmatlari rejalashtirganini da’vo qilmoqda.

Hodisa 2-aprel kuni Universitetskaya sohilidagi kafeda ro‘y bergan, u yerda Tatarskiyning ijodiy kechasi o‘tkazilayotgan edi. Kafega tashrif buyurgan Darya Trepova ismli qiz Tatarskiyga sovg‘a qilgan haykalcha ichida portlovchi modda bo‘lgan. Portlash oqibatida 32 kishi jarohatlangan, 25 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Vladlen Tatarskiyning o‘zi halok bo‘lgan.

Darya Trepova 3-aprel kuni Sankt-Peterburgdagi ijaraga olingan kvartirasida qo‘lga olindi. Qiz undan foydalanishganini aytdi.

360tv xabariga ko‘ra, Tatarskiyning o‘ldirilishida gumonlanayotgan qiz O‘zbekistonga chiqib ketishni rejalashtirib, chipta sotib olgan.

Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi da’vosiga ko‘ra, Tatarskiyga qarshi sodir etilgan “terakt” Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash tashkiloti agentlari ishtirokida rejalashtirilgan. Qo‘mita shuningdek, hibsga olingan Darya Trepova Navalniy komandasining faol tarafdori ekanini taʼkidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »