Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Chernigov viloyatidagi Yagodnoye qishlog‘i ozod etilganining bir yilligi munosabati bilan yerto‘lasida dushman askarlari tomonidan garovga olingan maktabga tashrif buyurdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Foto: Ukrinform

Uning so‘zlariga ko‘ra, 400 ga yaqin aholidan 370 ga yaqini u yerda bo‘lgan. Zelenskiy bilan birga maktabga Germaniya vitse-kansleri Robert Gabek, nemis elchi Anka Feldguzen hamda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak tashrif buyurgan. Ukraina rahbari qishloqning bosib olinishidan omon qolgan mahalliy aholi bilan suhbatlashgan.

“Bu yerda kattalar ham, bolalar ham qiynoqqa solingan. Men ularga tirik qolganlari, askarlarimizni kutishgani, Rossiya harbiylari, rahbariyati olib kelgan fojia haqida butun dunyoga gapira olganliklari uchun katta rahmat aytaman”, — dedi prezident.

Zelenskiy Yagodnoye aholisi qiynoqlar va g‘ayriinsoniy munosabatni boshdan kechirganini ta’kidladi. Uning fikricha, Ukraina hamkorlari ukrainaliklar nega yordamga muhtojligini tushunishi uchun bunday yerto‘lalarni ko‘rishi muhim. Zelenskiy Rossiya prezidentini ham tilga olib, uning yerto‘lada yashashini tiladi.

“Faqat bir narsani qo‘shimcha qila olaman: bularning barchasini Rossiya prezidentiga, qolgan umrimni yerto‘lada, hojatxona o‘rniga chelakda o‘tkazishni tilayman”, — dedi Zelenskiy.

U Ukraina armiyaning qarshi hujumi haqida ham fikr bildirdi.

“Rus askarlarining chiqib ketishga hali vaqti bor, aks holda ularni yo‘q qilamiz”, — dedi u

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »