Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qrimni qaytarib olishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda davlat rahbari 2-aprel kungi videomurojaatida aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainaning harbiy g‘alabasi Rossiya “terrorini to‘xtatish” va xavfsizlikni tiklashning yagona yo‘li ekanini qayd etdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

“Bugun rossiyalik terrorchilar Donetsk viloyatidagi Konstantinovkaga, oddiy turarjoy hududlariga yana zarba berishdi. Rossiyaning o‘qqa tutishidan olti kishi halok bo‘ldi: uch ayol va uch erkak. Donbassdagi oddiy shaharchaning oddiy aholisi. Qurbonlarning oila va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Yana 11 kishi jarohat oldi. Rossiya Konstantinovkaga qarshi S-300 raketalari va ‘Uragan’ yoppasiga o‘t ochuvchi raketa tizimini qo‘llagan”, — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u 2-aprel kuni ertalab rossiyaliklar Sumi viloyatining Konotop tumaniga zarba berganini esladi. Rus harbiylari minomyotdan o‘q uzib, ikki fuqaroni o‘ldirgan.

“Bular kuniga yo‘llanayotgan o‘nlab zarbalarning bir nechta misollari, xolos. Rossiya terrorini to‘xtatish, barcha shahar va jamoalarimiz — Sumi viloyatidan Donbassgacha, Xarkov viloyatidan Xerson viloyatigacha, Kiyev viloyatidan tortib to Yaltagacha — xavfsizlikni tiklashning yagona yo‘li bor. Bu yo‘l — Ukrainaning harbiy g‘alabasi, boshqa yo‘l yo‘q va bo‘lmaydi ham”, — dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi istilochi “qochib ketadigan yoki yo‘q qilinadigan kun keladi”. “Qrim ham yana ozod va xavfsiz bo‘ladi. Ukraina o‘ziga tegishli bo‘lgan hamma narsani qaytarib oladi”, — dedi Zelenskiy.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »