Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda hududiy ichki ishlar organlarining Tezkor-qidiruv xizmatlari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yilmoqda.

Kadr: Telegram

Xususan, Buxoro viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan hamkorlikdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Buxoro shahar Sherbudin ko‘chasida yashovchi shaxsning xonadonida noqonuniy mayning fermasi tashkil etilgani aniqlangan.

Xonadonda 14 dona mayning qurilmasi yuqori kuchlanishli kabel yordamida ishlatib kelingan. Buxoro viloyati elektr tarmoqlari korxonasining qayd etishicha, xonadon sohibi salkam 2,66 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Namangan shahar “Yuqori Rovuston” mahallasi hududida joylashgan temir eritish va metall mahsulotlari ishlab chiqarish sexi elektr hisoblagich rasmiylashtirmasdan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Mazkur sex davlat budjetiga 1,6 milliard so‘mdan ziyod moddiy zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Ohangaron shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli xususiy korxonasida ham noqonuniy holatga chek qo‘yilgan. Tashkilot tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulanib olib, davlat budjetiga 635,4 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »