Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quddusdagi Al-Aqso masjidida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvda o‘nlab falastinliklar yaralandi, deb xabar bermoqda Falastinning WAFA agentligi manbalarga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, 4-aprel kuni kechqurun Isroil kuchlari masjid namozxonasiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga shovqin tarqatuvchi granatalar, zaharli gaz, rezina o‘q va boshqa vositalar yordamida hujum qilgan. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, masjidga bostirib kirgan Isroil xavfsizlik kuchlari dubinka va qo‘ndoqlardan ham foydalangan.

Falastinlik mahbuslar ishlari bo‘yicha qo‘mita voizi Riyod al-Ashkar jurnalistlarga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Al-Aqsoda uyushtirgan reyd yakunida 200 dan ortiq falastinlikni qo‘lga olgan. Unga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Isroilning Quddus, Anatadagi harbiy bazasiga o‘tkazilgan.

“Al-Aqso masjidida yaralanganlarning bir qismi zudlik bilan davolanishga muhtoj”, — dedi al-Ashkar va Isroil ularni davolash yoki shifoxonalarga yuborishdan bosh tortayotganini qo‘shimcha qildi.

Falastin matbuotining qayd etishicha, reyddan so‘ng G‘arbiy Sohilning bir qator shaharlarida namoyishlar boshlangan. Falastin bosh vaziri Muhammad Shtayye Al-Aqso masjidida sodir bo‘lgan voqealar “namozxonlarga qarshi og‘ir jinoyat” ekanini aytdi.

1-aprel kuni Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso masjidi joylashgan Ma’bad tog‘i majmuasiga kirish joylaridan birida falastinlik yigitni otib o‘ldirgani xabar qilingan edi. Hodisaga guvoh falastinlik dindorlarning aytishicha, Al-Aqso darvozasi yaqinida Isroil kuchlari masjidga kirishga uringan ayolga zo‘ravonlik qilgach, yigit ular bilan janjallashgan. Isroil politsiyasi uni otib tashlagan. Guvohlarning aytishicha, unga kamida 10 marta o‘q uzishgan.

Isroil tomoni esa politsiya yigitni Al-Aqso masjidi oldida so‘roq qilish uchun to‘xtatgani, yigit uning qurolini tortib olishga uringanini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »