Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi idoralararo buyruq loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Mazkur buyruq orqali tasdiqlanadigan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan davlat xaridlari jarayonida Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish, reyestrga davlat xaridlari ijrochilarini kiritish va undan chiqarish tartibi belgilanadi.

Ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochi reyestrga vakolatli organ tomonidan:

  • tegishli sudning qaroriga;
  • Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qaroriga;
  • vakolatli organning qaroriga asosan kiritiladi.

Arizachilar tomonidan ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochini reyestrga kiritish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish va o‘rganib chiqish maqsadida vakolatli organning birinchi rahbarini ichki buyrug‘iga muvofiq kamida besh nafar a’zodan iborat Ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruh tomonidan arizachilarning murojaatlari o‘rganib chiqiladi va vakolatli organga o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq elektron tenderda g‘olib deb topilgan ishtirokchi akseptni muddatida tasdiqlamagan taqdirda avtomatik ravishda inson omilisiz davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan ishtirokchi elektron tenderlarga qo‘yilmaydi hamda bu haqida reyestrga elektron ma’lumot yuboradi.

Insofsiz ijrochi reyestrga ikki yil muddatga kiritiladi va bu muddat tugaganidan keyin ijrochi reyestrdan chiqarilgan hisoblanadi.

Reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochi ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochi bilan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomani tuzgani uchun davlat buyurtmachisi javobgar hisoblanadi.

Shuningdek, nizomda reyestrni yuritish, arizachi tomonidan reyestrga kiritish uchun murojaat qilish va uni ko‘rib chiqish tartiblari belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »