Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy rahbari Si Szinpin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida aloqalarning yo‘qligi Pekin urushda Moskvani qo‘llab-quvvatlayapti, degani emas. Bu haqda Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Fu Tsun The New York Times’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: The New York Times

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamadi va Rossiyaning Ukraina hududlarini, jumladan, Qrim va Donbassni anneksiya qilishga urinishlarini tan olmadi.

“Xitoy bosqinni qoralamagani sababi u Rossiyaning NATO tajovuziga qarshi mudofaa urushi haqidagi da’volarini tushundi va asosiy sabablar G‘arb rahbarlari aytganidan ko‘ra murakkabroq deb hisobladi”, — deydi Fu Tsun.

Shuningdek, u Si Szinpin nega Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga haligacha qo‘ng‘iroq qilmaganini tushuntirishga harakat qildi.

“Odamlar prezidentning qo‘ng‘irog‘iga berilib ketganini bilaman. Si Szinpin Zelenskiy bilan gaplashmayotgani Xitoyning Ukraina masalasida Rossiya tomonida ekanini anglatmaydi”, — deydi elchi.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va Ukraina o‘rtasida past darajadagi aloqalar tez-tez sodir bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »