Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati Izboskan tumanida uch tup chinor daraxtini hech qanday ruxsatnomasiz kesgan fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 5-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumani “Oybek” mahallasida 50-60 yillik daraxtlar kesib tashlangani haqida xabarlar tarqalgan. Ushbu xabarlar asosida Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borgan.

O‘rganish davomida 2022-yil 4-aprel kuni Izboskan tuman “Oybek” mahallasi “Milliy qadriyat” ko‘chasida joylashgan uch dona (g‘arb) chinor daraxti fuqarolar A.A., I.M. hamda M.T.lar tomonidan hech qanday tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda kesib yuborilgani aniqlangan.

Surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzarlar kesilgan chinorlarni Namangan viloyati, Uychi tumanida joylashgan yog‘ochni qayta ishlash sexiga olib borib sotgani aniqlanib, ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Kesilgan daraxtlar tufayli o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 131 million 400 ming so‘m hisoblangan. Ushbu holatni qonunan ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »