Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, amerikalik advokat Robert Kennedi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzod sifatida ishtirok etish uchun ariza berdi, deb yozmoqda CNN.

Kichik Robert Kennedi
Foto: Times Union

AQSH Federal saylov komissiyasi Kennedining hujjatlarini qabul qilgan. Ariza topshirilganini Robert Kennedi shtabi g‘aznachisi Jon Sallivan tasdiqladi, deb xabar bermoqda telekanal.

Kichik Robert Kennedi 69 yoshda. U 1965—1968-yillarda Nyu-York shtatidan senator va AQSHning sobiq Bosh prokurori (1961—1964) bo‘lgan Robert Kennedining o‘g‘li. Katta Robert Kennedi esa 1963-yilda Dallasda otib o‘ldirilgan AQSH sobiq prezidenti Jon Kennedining ukasi. Akasi kabi Robert Kennedi ham saylovoldi kampaniyasi paytida otib o‘ldirilgan.

Kichik Robert Kennedi huquqshunos va atrof-muhit faoli. U shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinatsiya haqidagi fikrlari bilan ham tanilgan. Kennedi emlashga qarshi chiqqan va AQSH rasmiylarining pandemiyaga qarshi kurashdagi harakatlarini bir necha bor tanqid qilgan, deb yozadi CNN.

Kennedi prezidentlikka nomzodini qo‘yish rejalarini mart oyida Twitter’da e’lon qilgandi. “Agar mablag‘ yig‘a olsam va g‘alaba qozonish uchun yetarlicha odamlarni safarbar qilishga erishsam, men poygada ishtirok etaman”, — deb yozgan u.

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yilga belgilangan. An’anaga ko‘ra, saylov noyabrda, saylangan prezidentning inauguratsiyasi esa keyingi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik saylovlarida qatnashish niyatini hozirgacha Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli, biznesmen Vivek Ramasvami va AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qilgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »