Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statista kompaniyasi Jahon banki ma’lumotlariga tayanib Xitoydan eng ko‘p qarzga ega bo‘lgan davlatlarni tahlil qildi

Foto: Bloomberg

Ma’lum bo‘lishicha, Xitoydan katta miqdorda qarz bo‘lgan mamlakat asosan Afrikada joylashgan, ammo Markaziy Osiyo, Janubi—sharqiy Osiyo va Tinch okeanida ham mavjud. 

Kam daromadli mamlakatlarga yangi imtiyozli kredit beruvchi sifatida Xitoy 2020-yilda ushbu davlatlar qarzining 37 foiziga ega bo‘lgan. 

Butun dunyo bo‘ylab port, temiryo‘l va quruqlik infratuzilmasini qurishni moliyalashtiradigan “Yangi Ipak yo‘li” loyihasi ishtirokchi mamlakatlari Xitoydan katta qarz olgan.

2021-yilgi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydan eng ko‘p qarzni quyidagi davlatlar olgan:

  • Pokiston — 27,4 mlrd dollar;
  • Angola — 22 mlrd dollar; 
  • Efiopiya — 7,4 mlrd dollar;
  • Keniya — 7,4 mlrd dollar;
  • Shri-Lanka — 7,2 mlrd dollar. 
Foto: Statista

Nisbiy jihatdan eng katta qarz yukiga ega bo‘lgan davlatlar Jibuti va Angola hisoblanadi. Keyingi qatorlardan esa o‘tgan yili Xitoydan qarz olib temiryo‘l liniyasini ochgan Maldiv orollari va Laos joy olgan. 

Jahon banki prezidenti Devid Malpass ko‘plab mamlakatlarning qarz darajasini “barqaror emas” deb atagan.

2021-yil holatiga ko‘ra, Xitoy past va o‘rta daromadli mamlakatlarga rasman 180 milliard dollarga yaqin qarz bergan, bu 2010-yildagi atigi 40 milliard dollarga nisbatan 4,5 barobar ko‘p. 

Xitoy kreditlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi yoki Jahon banki kabi xalqaro institutlardan ko‘ra yuqoriroq foiz stavkalari asosida beriladi. 

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qarz munosabatlari qanday?

O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 23,2 mlrd dollarni yoki YIMga nisbatan 30,1 foizni tashkil etadi.

Shundan mamlakat nomidan jalb qilingan tashqi qarz 17 mlrd dollarni tashkil qiladi. O‘zbekiston tashqi qarzni asosan Osiyo taraqqiyot banki (5,4 mlrd dollar) va Jahon bankidan (4,4 mlrd dollar) olgan. 

Xitoyga aloqador Xitoy davlat taraqqiyot banki, Xitoy eksimbanki va boshqalardan olingan tashqi qarz 4 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Mamlakat aksariyat tashqi qarzni Xitoydan emas, pastroq foizda Osiyo taraqqiyot banki va Jahon bankidan jalb qilgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »