Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya “istalgan vaqtda” yadro sinovini o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vaziri Li Chjon Sop ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap.

Foto: Reuters

“KXDR yettinchi yadro sinoviga tayyorgarlikni allaqachon yakunlagan va istalgan vaqtda yadro sinovini o‘tkazishga qodir”, — dedi vazir.

Yadroviy sinovdan maqsad yadro kallaklarini ommaviy ishlab chiqarish va tezkor joylashtirish uchun zarur bo‘lgan “yakuniy texnologik tekshiruv” bo‘lishi mumkin, dedi u Janubiy Koreya parlamenti mudofaa qo‘mitasiga bergan hisobotida.

Janubiy Koreya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Seul alyansning “kuchli irodasi”ni namoyish qilish uchun javob choralarini tayyorlagan. Bular AQSHning strategik aktivlaridan foydalangan holda qo‘shma kuchlarni namoyish etishni o‘z ichiga oladi, dedi Li Chjon Sop.

Shimoliy Koreya oxirgi yadroviy sinovini 2017-yilda amalga oshirgan edi. Pxenyan jami oltita yadroviy sinov o‘tkazgan.

2017-yil 3-sentabr kuni Shimoliy Koreya hukumati termoyadro kallagini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Jangovar kallakni mamlakat tomonidan ishlab chiqilgan qit’alararo ballistik raketaga o‘rnatish mumkin. 

Undan keyin Pxenyan yana bir yadroviy sinov “mukammal o‘tgani” haqida e’lon qildi. Ushbu sinovdan so‘ng Shimoliy Koreyaning Pxungeri yadro poligoni joylashgan Xamgyon-pukto provinsiyasining Kilchju shahri yaqinida magnitudasi 5,6 dan 6,4 gacha bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Janubiy Koreya harbiylari ushbu poligonni kuzatishni kuchaytirdi.

Mavzuga doir
Izoh

Jahongir Fazliddinov

06.04.2023, 18:28

Bu qanaqa mas'uliyatsizlikki yo'qolish arafasida turgan noyob hayvon turi vahshiylarcha o'ldirilsa ?yuqoridagilarni ko'zi qayerda nima xaqqi bor shunday tabiat mo'jizasini o'ldirgan vahshiylar faqat intizomiy chora yetarli emas qattiq chora ko'rilsin bunaqa tabiat dushmanlariga agar shu ketishda ketadigan bo'lsak ex noinsoflar yaratganni qaxriga uchragurlar.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »