Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy rahbari Si Szinpin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda Xitoyning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi haqida gapirdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Foto: Reuters

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning “Ukrainadagi inqiroz” bo‘yicha pozitsiyasi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

“Xitoyning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Xitoy tomonlarni oqilona bo‘lishga va tinchlik muzokaralari uchun birgalikda shart-sharoit yaratishga chaqiradi”, — dedi Xitoy rahbari.

Siyosatchi Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ham ishtirok etgan uchrashuvda Pekin har doim o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, o‘z pozitsiyasini mustaqil belgilashini aytdi. U hozirda ustuvor vazifa harbiy harakatlarni to‘xtatishga ko‘maklashish, urushni keskinlashtirish va muammolarning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini bildirdi.
 

“Xitoy Yevropa Ittifoqining ‘Ukrainadagi inqiroz’ni siyosiy yo‘l bilan hal qilish, Yevropa xavfsizligining muvozanatli, samarali va barqaror tuzilmasini yaratish bo‘yicha yondashuvni hamda rejalarni taklif qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Xitoy rahbari.

Xitoy nima uchun Ukrainaga qarshi urushni qoralamadi?

Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Fu Tsun Xitoy rahbari va Ukraina prezidenti o‘rtasida aloqalarning yo‘qligi Pekin urushda Moskvani qo‘llab-quvvatlayotganini bildirmasligini aytdi. U Xitoy Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamagani va Rossiyaning Ukraina hududlarini, jumladan, Qrim va Donbassni anneksiya qilishga urinishlarini tan olmaganini ta’kidladi.

“Xitoy bosqinni qoralamagani sababi u Rossiyaning NATO tajovuziga qarshi mudofaa urushi haqidagi da’volarini tushundi va asosiy sabablar G‘arb rahbarlari aytganidan ko‘ra murakkabroq deb hisobladi”, — dedi Fu Tsun.

O‘z navbatida Si Szinpin Makron bilan uchrashuvda Ukraina prezidentiga vaqti kelganida qo‘ng‘iroq qilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »