Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Urgut tumanida 3-mart kuni 18 yoshli kelin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan. 

Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilindi va qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2004-yilda tug‘ilgan A.S. “Tersak” mahallasidagi ota-onasining yashash xonadonida noma’lum sabablarga ko‘ra, arqon yordamida bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 25-mart kungi 6-sonli xulosasida S.A.ning o‘limi osilishda bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, marhuma S.A.ning turmush o‘rtog‘i S.S. o‘z uyali telefonida saqlangan Telegram messenjerida tashkil etilgan kanalga joylangan turmush o‘rtog‘ining fotosuratini taqdim etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »