Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kanada rasmiylari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalari bajarilishini nazorat qilish uchun Yaponiyaga CP-140 Aurora razvedkachi samolyotini yubordi. Bu haqda Kanada mudofaa vazirligining press-relizida aytiladi.

CP-140 Aurora
Foto: Shutterstock

“Hind-Tinch okeani mintaqasidagi harakatlar strategiyasining bir qismi sifatida (razvedkachi samolyotning) joylashtirilishi Kanadaning mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qatʼiy sodiqligini ko‘rsatadi”, — dedi vazirlik.

Olti hafta davomida CP-140 Aurora Shimoliy Koreyaning BMT dengiz sanksiyalaridan bo‘yin tovlashi, shu jumladan yonilg‘i va boshqa tovarlarni kemadan kemaga o‘tkazishi bo‘yicha ehtimoliy holatlarni kuzatadi.

Kanadaning Hind-Tinch okeani mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish uchun bortida CH-148 Cyclone vertolyoti bo‘lgan HMCS Montréal fregati jo‘natiladi. U ham KXDRga qarshi sanksiyalar ijrosini nazorat qiladi.

Kanada milliy mudofaa vaziri Anita Anand o‘tgan yilning noyabr oyida Hind-Tinch okeani mintaqasida mamlakatning harbiy ishtirokini oshirish rejalarini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa Kanada o‘z hamkorlari va ittifoqchilari bilan xavfsizlik sohasida munosabatlarni mustahkamlaydi.

Kanada harbiylari BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan NEON operatsiyasida ishtirok etmoqda. Tashkilot ularni 2006—2017-yillar oralig‘ida KXDRni ommaviy qirg‘in qurollari bo‘yicha dasturlardan voz kechishga majburlash maqsadida joriy qilgandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »