Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Urush boshlanganidan beri Rossiya Ukrainani o‘qqa tutish uchun 4 750 ga yaqin turli radiusli raketadan foydalangan. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Foto: AFP Photo

Ma’lum qilinishicha, Kalibr va X-555/X-101 taqchilligi tufayli Kreml o‘zining qimmatbaho X-47 “Kinjal”, X-22’lardan foydalanishga va zarbalar intensivligini sezilarli darajada kamaytirishga majbur.

“Rossiyaning uzoq va o‘rta masofali raketalarga ega bo‘lishdagi ustunligi u uchun muhim edi. Urush boshida Ukraina qurolli kuchlari sobiq sovet ‘Tochka-U’ tizimlarining masofasi (120 km) bilan cheklangandi. O‘z navbatida bu vaqtda Rossiya Ukrainaning butun hududini o‘qqa tuta olgan va minglab raketalar bilan qurollangandi”, — deb yozadi Forbes jurnalistlari.

Raketalar qanday hisoblangan?

Nashr Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikovning noyabr va yanvardagi hisobotlaridan ma’lumotlarni to‘plagan, shuningdek, Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining raketa hujumlari haqidagi hisobotlarini tahlil qilgan. Shu orqali Rossiyada qancha raketa qolgani va Ukrainani o‘qqa tutish uchun foydalanilgan raketalar narxi aniqlangan.

Rossiyada qancha raketa qoldi?

Forbes’ga ko‘ra, bosqin boshlanganidan beri Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ixtiyorida qolgan deyarli barcha Kalibr va X555/101 raketalaridan foydalangan. Bu, ehtimol, Rossiyaning qimmatroq X-47 Kinjal raketalaridan foydalanishning asosiy sababidir.

Ukraina mudofaa vazirligi 3-yanvarda Rossiya ixtiyorida atigi 59 ta “Kalibr” raketasi qolganini ma’lum qildi. Ilgari Rossiya oyiga 15 ga yaqin Kalibr raketalarini ishlab chiqargan.

“Urushning 13 oyi davomida Rossiyaning X555/101 raketalarining zaxiralari 90 foizdan ortiqqa kamaydi. Rossiya muammolari ko‘lamini statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi: so‘nggi oylarda o‘qqa tutilish intensivligi keskin kamaydi, ehtimol, elektron komponentlarga nisbatan sanksiyalar tufayli yangi raketalarni ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar bor”, — deb hisoblaydi jurnalistlar.

Shu bilan birga, Rossiyada hali ham 200 kilometrgacha bo‘lgan nishonlarni urib, frontdagi shaharlarni yo‘q qila oladigan minglab S-300 qisqa masofali raketalari mavjudligi aytildi.

Rossiya qancha raketa ishlab chiqarishi mumkin?

Hozirda Rossiya oyiga atigi 50 ga yaqin uzoq masofali raketa ishlab chiqarishga qodir. Zahira yaratish uchun esa Rossiya ishlab chiqargan raketalaridan kamroq foydalanishi kerak.

Shu bois, Rossiya kelasi qish uchun zaxira yaratishda yozda raketalardan foydalanishni cheklashi ehtimoldan xoli emas. Yoki u Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berish g‘oyasidan butunlay voz kechishi va raketa taktikasini yangi ustuvorliklarga o‘zgartirishi mumkin.

Rossiya raketa zarbalariga qancha pul sarfladi?

To‘liq miqyosli bosqin boshlanganidan beri Rossiya Ukrainani o‘qqa tutish uchun 12,5 milliard dollarlik 2475 ta uzoq masofali raketa va 3,5 milliard dollarlik 2300 ga yaqin qisqa masofali raketalardan foydalangan.

Taqqoslash uchun, AQSH 2003-yilda Iroqni bombardimon qilish uchun taxminan 1 milliard dollarlik raketalardan foydalangan. AQSH 1991-yilda "Cho‘l bo‘roni" operatsiyasi paytida Iroqqa raketa hujumi uchun deyarli bir xil mablag‘ sarflagan.

Suriya va Iroqda ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish uchun AQSH raketa va havo hujumlariga kuniga taxminan 10 million dollar sarfladi. Bu Rossiyaning o‘rtacha xarajatlaridan to‘rt baravar kam.

“Shunday qilib, Ukrainani o‘qqa tutish zamonaviy tarixdagi eng qimmat raketa kampaniyalaridan biriga aylandi. Biroq, AQSH va uning ittifoqchilarining operasiyalaridan farqli o‘laroq, ular Rossiyaga jang maydonida sezilarli ustunlik bermadi va Ukraina iqtisodiyotini yo‘q qilishda samarali bo‘lmadi”, — deydi jurnalistlar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »