Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizligi xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida AQSHga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

Kadr: Telegram

Xususan tezkor tadbirlarning birida Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli shaxs o‘zining tanishlari yordamida, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni AQSHga yuborish evaziga 35 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Aniqlanishicha, u muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan.

Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli shaxs hamshahari bo‘lgan 45 yoshli ayolning ishonchiga kirib, 50 ming dollar evaziga u va uning 2013-yilda tug‘ilgan qizini O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi—Meksika—AQSH yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilgan. U zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Boshqa bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi 49 yoshli ayol Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 39 yoshli fuqaro va uning 37 yoshli qarindoshini 24 ming dollar evaziga tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilib, oldindan 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan talaba ushlangani, Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »