Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

12—23-iyun kunlari NATO davlatlari Air Defender 2023 nomli o‘z tarixidagi eng yirik harbiy havo mashqlarini o‘tkazadi. Bu haqda AQSH Milliy gvardiyasi saytida xabar berildi.

Foto: “UNIAN”

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar, xususan, Rossiya bilan chegaradosh davlatlar hududida o‘tkaziladi. Air Defender 2023 ning maqsadi NATO aviatexnikalarini qisqa fursatda tegishli nuqtalarga joylashtirish va ulardan foydalanish qobiliyatini sinab ko‘rish bo‘ladi.

Mashg‘ulotlarga 23 turdagi 220 ga yaqin samolyotlar jalb etilishi rejalashtirilgan. NATO 1949-yilda tashkil etilganidan buyon bunday keng qamrovdagi aviamashg‘ulotlar o‘tkazmagan.

AQSH Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Germaniya boshchiligida olib boriladigan mashg‘ulotlarda AQSH va Germaniyadan tashqari yana 22 ittifoqchi davlat ishtirok etadi. Manyovrlar, xususan, Chexiya, Estoniya, Germaniya va Latviya hududida o‘tkaziladi.

Avvalroq Serbiya hududida 16-iyundan 30-iyunga qadar AQSH va NATOning yana o‘nta davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan Platinum Wolf-2023 harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »