Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

The New York Times gazetasi xabar berishicha, AQSHning Ukrainadagi urush, shuningdek, Yaqin Sharq va Xitoyga oid jami yuzga yaqin maxfiy hujjati internetga “sizdirilgan”.

Foto: “Defense.gov”

Maxfiy fayllar Pentagonga tegishli bo‘lib, ular orasida AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Kiyevga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam berilayotgani haqidagi ma’lumotlar bo‘lgan. Hujjatlarda Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish jadvallari, qo‘shinlar va batalyon kuchlari fotosuratlari mavjud edi, deyiladi xabarda.

Pentagonning sobiq yuqori martabali mulozimi Mik Mulroyning aytishicha, hujjatlarning tarqalishi Ukrainaning harbiy rejasiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

“Oshkor bo‘lgan hujjatlarning ko‘pchiligi qog‘ozlarning fotosuratlari bo‘lgani sababli bu Ukraina, AQSH va NATOning sa’y-harakatlariga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan odam tomonidan ataylab internetga sizdirilganga o‘xshaydi”, — degan Mik Mulroy.

Tahlilchilarning fikricha, bu kabi ma’lumotlar oshkor bo‘lishi AQSHga katta zarar yetkazishi mumkin. Hujjatlarning ba’zilari nafaqat maxfiy, balki boshqa davlatlar, jumladan, AQSH ittifoqchilariga ko‘rsatish uchun ham mo‘ljallanmagan. Shu bilan birga, bunday fayllarning internetga chiqishi atay chalg‘itish uchun uyushtirilgan bo‘lishi ham mumkin.

NYT manbasiga ko‘ra, Pentagon hozirda vaziyatni o‘rganmoqda va hujjatlarning tarqalishi ortida kim turganini aniqlash uchun tekshiruv boshlagan.

Oq uy rasmiylari hujjatlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlashga harakat qilgan, biroq hozircha bunga erisha olmagan.

O‘z navbatida, Ukraina prezidentining maslahatchisi Mixail Podolyak e’lon qilingan ma’lumotlar fotoshop ekanini, haqiqiy rejalar tez orada jang maydonida paydo bo‘lishini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »