Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy armiyasi Tayvan oroli yaqinidagi suvlarda uch kunlik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Pekin buni “Tayvan separatistlari uchun ogohlantirish” deb izohladi.

Foto: Reuters

“Bu (harbiy mashg‘ulotlar) Tayvan mustaqilligi tarafdori bo‘lgan separatist kuchlar va tashqi kuchlarning o‘zaro til biriktirishi hamda provokatsiyasiga qarshi jiddiy ogohlantirish bo‘lib, milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun zaruriy harakatdir”, — deyiladi Xitoy harbiylarining qisqa bayonotida.

Tayvan Mudofaa vazirligi vaziyatni kuzatib borayotganini, yuqori darajadagi hushyorlikni saqlab turganini va orol xavfsizligini himoya qilish uchun “tegishli” javob qaytarishini ma’lum qildi.

Mashg‘ulotlar Tayvan rahbari Say Invenning AQSHga safari fonida o‘tkazilmoqda. Inven Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bilan uchrashgan. Xitoy bunga javoban Tayvan rahbarining tashrifi yuzasidan tadbir o‘tkazilgan Amerikaning Gudzon instituti va Ronald Reygan kutubxonasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Tayvan 1949-yilda Xitoydan mustaqilligini e’lon qilgan. Pekin hamon orolni o‘zining separatist viloyati deb biladi. Biroq Taypey XXR taklif qilgan “Bir davlat, ikki tizim” modelini rad etib keladi.

Xitoy milliy mudofaa strategiyasini aks ettiruvchi Oq kitobida qayta birlashishga qaratilgan tinchlik sa’y-harakatlarida o‘sish bo‘lmasa, Tayvan muammosini kuch bilan hal qilishni istisno etmagan. Xususan, tashqi kuchlar va orol davlatning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchilarning ehtimoliy aralashuvi bilan bunday qaror qabul qilinishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »