Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 25 tup daraxt ruxsatsiz ko‘chirilgani aniqlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning “Bahor” mahallasida 9 tup ko‘p yillik daraxtlar va 16 tup kuz mavsumida ekilgan tut ko‘chatlari noqonuniy ravishda tegishli ruxsat olinmasdan ko‘chirilgani, shuningdek, shu yerdagi 4 tup qayrag‘och daraxtlari ko‘chirish paytida o‘sishdan to‘xtaydigan darajada shikast yetkazilgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro O.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 3 million so‘m jarima hamda 3 million 600 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Shuningdek, o‘sishdan to‘xtagan 1 tup qayrog‘och daraxtini noqonuniy ravishda kesgani uchun fuqaro G.B.ga nisbatan kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 million so‘m jarima belgilandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »