Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iste’fodagi amerikalik general Mark Gertling Ukraina qurolli kuchlarinining qarshi hujumi bo‘yicha o‘z rejasini taklif qildi. Bu haqda Voice of America xabar berdi.

Foto: NBC news

Gertling shu tariqa ukrainalik generallarga maslahat berdi. U bu yondashuv AQSH tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgani, ular Ikkinchi Jahon urushi paytida ba’zi vaziyatlarda tunda harakatlanishga o‘rgatilgan maxsus kuchlarni yaratganini aytdi. 

Xaos yaratish

Gertling Ukraina armiyasining tunda ko‘rish qobiliyati Rossiyanikiga qaraganda ko‘proq ekanini aytdi. Shu sababli, u Ukraina Qurolli kuchlariga front chizig‘idan orqada qolish va Rossiya armiyasida tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan universal tungi ko‘rish qobiliyatini o‘zlashtirish yo‘lini izlashni maslahat berdi.

“Menda qayerga hujum qilish yaxshiroq ekanini prognoz qilish uchun aniq razvedka ma’lumotlari yo‘q. Lekin Zelenskiyning strategik maqsadi hududlarni qaytarish va Rossiyaga birorta ham hududni bermaslikdir”, — dedi u.

General Zalujniy faoliyati

Gertlingning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi generali hozirda boshqa yuqori martabali harbiy amaldorlarga nisbatan “oddiy jangda” ko‘proq muammolarga ega. Bu, birinchi navbatda, Ukrainaga mutlaqo yangi harbiy texnika yetkazib berish, bu bilan bog‘liq bo‘lgan ta’minot zanjiri, NATO mamlakatlaridagi harbiy tayyorgarlik, shuningdek, razvedka ma’lumotlarini to‘plash bilan bog‘liq.

Gertling Ukraina generali Valeriy Zalujniy o‘z lavozimiga kelgunga qadar Osetiya, Dnestr o‘lkasi, Qrim, Donbass, Abxaziya va Tog‘li Qorabog‘ haqida muntazam ravishda razvedka ma’lumotlarini olganini aytdi.

Putin manfaatlari

Gertlingning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uzluksiz to‘qnashuvlardan manfaatdor, shu munosabat bilan general barcha demokratik kuchlar va hukumatlarni vaziyatni diqqat bilan kuzatishga chaqirdi.

“Bu adolasiz urush. Agar unga tinchlik shartnomasi ko‘rinishida egallagan hududlarni saqlab qolishga ruxsat berilsa, menimcha, bu kelajakda muammolarni keltirib chiqaradi”, — deya ta’kidladi sobiq general.

U Ukrainadagi urush qachon tugashi mumkinligi haqidagi savolga esa aniq prognoz bera olmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »