Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 9-aprel kuni musulmon yetakchilari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi va “Falastinni ozod qilish uchun Isroilga qarshi front yaratish”ga chaqirdi. Bu haqda Ynet xabar berdi.

Foto: Ynet

Isroildagi keskinliklar va Al-Aqsodagi voqealar fonida Ibrohim Raisiy Suriya, Jazoir va Turkmaniston yetakchilari bilan Isroilga nisbatan musulmonlar birligining ahamiyati haqida gapirdi. Eron rahbari Erdo‘g‘on bilan ham gaplashgani, u ham “Isroilning Falastinliklarga qarshi tajovuzi qarshisida musulmon dunyosining birligi” muhimligini ta’kidlaganini aytdi.

9-aprel kuni Suriya prezidenti Bashar al-Asad va Raisiy o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Oxirgi kunlarda Eron muqaddas joydagi voqealar va Falastin maydonidagi keskinlik tufayli Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishini chaqirishga urindi. Asad va Raisiy o‘rtasidagi suhbatda so‘nggi voqealar, shuningdek, ikki davlat munosabatlariga oid boshqa masalalar muhokama qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »