Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) 450 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga zarba berishga qodir bo‘lgan kamikadze dronini ishlab chiqdi. Bu haqda korpus rasmiy vakili ma’lum qildi, deb yozmoqda Tasnim News.

Foto: Tasnim

IIPK Quruqlik kuchlarining tadqiqot va o‘zini o‘zi taʼminlash bo‘yicha jihod tashkiloti raisi general Ali Kuhistoniyning aytishicha, Meʼraj-532 deb nomlangan yangi uchuvchisiz uchar apparat barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dron porshenli dvigatel bilan jihozlangan va bir uchishda 450 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Dronni transport vositasidan uchirsa bo‘ladi, u havoda uch soatgacha qolishi mumkin.

Foto: Tasnim
Foto: Tasnim

Shuningdek, eronlik generalning aytishicha, dron 50 kilogramm og‘irlikdagi jangovar kallak bilan nishonlarni yuqori aniqlikda ura oladi. Uning qo‘shimcha qilishicha Me’raj-532 oson va tez yig‘ilib, parvozga tayyor bo‘lishi mumkin.

Avvalroq The Guardian nashri Eron yashirincha Rossiyaga uzoq masofaga uchuvchi jangovar dronlarni yetkazib bergani haqida yozgandi. Nashrning aniqlik kiritishicha, Rossiya yanada ilg‘orroq uchuvchisiz uchoqlarni olishdan manfaatdor, chunki Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘llayotgan Shahed-131 va Shahed-136 kamikadze dronlarini samarali tarzda urib tushirishni o‘rgangan.

Rossiya urushda Eron dronlaridan foydalanmoqda

Rossiya harbiylari Ukrainadagi harbiy va energetika obyektlariga zarba berish uchun Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-131/136 kamikadze dronlaridan faol foydalanmoqda. Ularning nomi “Geran-1” va “Geran-2” ga o‘zgartirilgan.

2022-yilning kuzida The Washington Post gazetasi Rossiya o‘z hududida Eron dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi. 2023-yil yanvar oyi boshida Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilov Tolyatti shahrida dronlarni ishlab chiqarish tashkil etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Fevral oyida The Wall Street Journal Rossiya va Eron rasmiylari Tataristonning Yelabuga shahrida dron ishlab chiqaruvchi zavod qurishni ko‘rib chiqayotgani haqida yozdi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »