Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, ushbu obyektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2023-2026-yillarda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘radi. 

Bunda:

  • birinchi bosqichda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 5 722 ta davlat ijtimoiy soha obyektining issiqlik ta’minoti tizimlarini xususiy sektor ishtirokida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimi joriy qilinadi;
  • davlat ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarining joriy holatidan kelib chiqib, 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining barcha tuman (shahar)larida hamda boshqa viloyatlarning 2-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larida davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »