Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yaqin manbaning CNN telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, AQSHning maxfiy harbiy hujjatlari internetga sizib chiqqani sababli Kiyev ayrim harbiy rejalarini o‘zgartirgan.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Nashr maqolasida bu rejalar nimadan iboratligi va ularga qanday o‘zgartirishlar kiritilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

CNN fevral o‘rtalari va mart oyi boshida tayyorlangani taxmin qilinayotgan jami 53 ta maxfiy hujjatni o‘rganib chiqdi. Ulardan biri AQSH Zelenskiyning ortidan josuslik qilayotganini ko‘rsatadi. Ukraina prezidentiga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu ajablanarli emas, biroq ukrainalik rasmiylarning hafsalasi ma’lumotlar tarqalib ketganidan pir bo‘lgan.

Elektron razvedka natijalari asosida tuzilgan Amerika hisobotlaridan birida aytilishicha, Zelenskiy fevral oyi oxirida “Rossiyaning Rostov viloyatidagi rus qo‘shinlari joylashgan nuqtalarga dronlar yordamida zarba berishni taklif qilgan”, ammo Ukrainada bunday uzoq masofali qurollar yo‘q.

CNN xabariga ko‘ra, bu ma’lumot AQSHning Kiyev Rossiya hududiga zarbalar berish uchun ishlatishidan qo‘rqib uzoq masofali raketa tizimlarini Ukrainaga berishni istamasligi haqidagi ommaviy bayonotlarini tushuntirishi mumkin.

Ayni paytda AQSH Mudofaa vazirligi “sizib chiqqan” hujjatlarning haqiqiyligini tekshirayotganini ma’lum qildi. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx ushbu hujjatlarning Qo‘shma Shtatlar va ittifoqchilarining milliy xavfsizligiga taʼsirini baholashga ham harakat qilinganini taʼkidladi.

Reuters agentligining AQSH rasmiylaridagi manbasi ma’lum qilishicha, tergovchilar ma’lumotlar sizib chiqishining to‘rtta asosiy nazariyasini ko‘rib chiqmoqda: bular xodimlarning noroziligidan tortib, AQSH milliy xavfsizligiga putur yetkazish uchun qasddan qilingan sabotajni o‘z ichiga oladi.

AQSH maxfiy hujjatlarining internetda tarqalishi

G‘arb OAVlari aprel oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Pentagon maxfiy hujjatlarining sizdirilishi haqida xabar bera boshladi. E’lon qilingan hujjatlarda Qo‘shma Shtatlar nafaqat potensial raqiblari, balki ittifoqchilari ustidan ham josuslik qilayotgani haqida dallilar, shuningdek, AQSH va NATOning Ukraina Qurolli kuchlarini bo‘lajak qarshi hujum oldidan qanday tartibda tayyorlash rejalari mavjud. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday xabarlarni izohlar ekan, “Rossiya AQSH yoki NATOning Ukrainadagi mojaroga bevosita yoki bilvosita aloqadorligiga shubha qilmasligini” aytdi. Ukraina prezidenti ofis rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Ukraina hujumi haqidagi hujjatlarni fotoshop deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »