Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qizil maydonda harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rilayotgani va o‘tkazilishi rejalashtirilganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: RT

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 9-may kuni hududlarda paradlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish hudud rahbarlarining vakolati hisoblanadi. Bunda ustuvor vazifa fuqarolar xavfsizligi ekani ma’lum qilindi. Bir qator Rossiya shaharlarida 9-may kuni o‘tkaziladigan G‘alaba paradi xavfsizlik nuqtayi nazaridan bekor qilingan.

“Paradni o‘tkazish hudud rahbarlarining vakolati, ular fuqarolar xavfsizligini ta’minlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi. Bu asosiy va yagona ustuvor vazifadir. Asosiy paradga kelsak, unga hozirlik ko‘rilmoqda va o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, — dedi Peskov jurnalistlarga.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »