Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya to‘rt kundan beri Koreyalararo aloqa kanali va harbiy qaynoq liniya orqali Shimoliy Koreya bilan bog‘lana olmayapti, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi 10-aprel kuni ertalab.

Foto: Getty Images

Ikki Koreyani birlashtirish vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, dushanba kuni ertalab soat 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 05:00) Shimol qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan. Qayd etilishicha, Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlari 7-apreldan beri javobsiz qolmoqda.

O‘z navbatida, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi to‘rt kundan beri harbiy qaynoq liniya orqali ham Pxenyan bilan aloqa yo‘qligini ma’lum qildi.

Agentlikning eslatishicha, ikki Koreya kuniga ikki marta — 9:00 (Toshkent vaqti bilan 5:00) va 17:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00) da telefon orqali suhbat o‘tkazar edi.

Shimolning aynan nima uchun qo‘ng‘iroqlarga javob berishdan bosh tortayotgani noma’lum. Biroq Pxenyan Seul chaqiruvlarini ataylab javobsiz qoldirayotgani va shu orqali Janubiy Koreya va AQSHning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga norozilik bildirayotgani taxmin qilinmoqda.

2021-yil iyul oyida KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa liniyalari tiklangan edi. Aloqalarni Pxenyan 2020-yilda uzgan. O‘sha yili iyun oyida KXDR rasmiylari Seul bilan barcha mavjud aloqa kanallari orqali muloqot to‘xtatilganini e’lon qildi. So‘ng qurolsizlantirilgan zona yaqinida joylashgan Keson sanoat parkidagi Koreyalararo aloqa idorasi portlatib yuborildi. Shimoliy Koreya rasmiylari bino ularning qarori bilan vayron qilinganini tasdiqladi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »