Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Plastik makiyaj mo‘jizalar yaratadi. Keng ajinlar, chandiqlar, jag‘ yoki burunning o‘zgarishi aktyorlarni boshqa odamlarga yoki fantastik mavjudotlarga aylantiradi.

Margo Robbi — “Tonya hammaga qarshi”, 2017

Foto: AdMe

Filmda Margo Robbi figurali uchuvchi Tonya Xarding rolini ijro etgan. Aktrisa uchun eng murakkab makiyaj 44 yoshli sportchining mashaqqatli hayoti haqida hikoya qiluvchi sahnalar uchun qilingan. Robbi iyagi, yonoqlari, burni, ko‘zlari ostiga va hatto bo‘yniga kosmetik protezlar kiygan. Rejissor aytishicha, Margoga grimga ko‘nikish va yuz ifodalarini qanday boshqarishni tushunish uchun biroz vaqt kerak bo‘lgan.

Ostin Batler — “Elvis”, 2022

Foto: AdMe

Film vizajistlari oldida juda qiyin vazifa turardi — ular nafaqat Ostin Batlerni Elvisga o‘xshatishlari, balki aktyorning o‘ttiz yil davomidagi tashqi o‘zgarishlarini ham namoyish etishlari kerak edi. Maxsus kosmetik protezlardan foydalanish Preslining qanday o‘zgarganini ko‘rsatishga imkon berdi.

Rene Zellveger — “Judi”, 2019

Foto: AdMe

Zellvegerning jag‘ini o‘zgartirish uchun kichkina soxta burun, parik va tish protezlaridan foydalaniladi — aktrisa shu tarzda ekran afsonasi Judi Garlendga aylandi. Vizajist va stilist Jeremi Vudxed bosh qahramon obrazini kosmetik protezlar bilan qiynamay, ularning sonini minimal darajaga qisqartirdi. Renening o‘zi va uning aktrisalik qobiliyati evrilish jarayonini yakunladi.

Kolin Farrell — “Betmen”, 2022

Foto: AdMe

Kolin Farrell Pingvin nomi bilan ham tanilgan Osvald Koblpot rolini o‘ynaydi. Ammo grimdagi aktyorni tanib bo‘lmasdi — uni o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Yuz qoplamasi qo‘yish uchun har kuni 3-4 soat ketgan.

Tom Xenks — “Elvis”, 2022

Foto: AdMe

Tom Xenks Elvis Preslining xushomadgo‘y menejeri, polkovnik Tom Parker rolini o‘ynaydi. Qahramonning qiyofasi 50-yillardan 70-yillargacha qanday o‘zgarganini ko‘rsatish uchun vizajist va protezchilar Xenks bilan 3,5 soat ishladi. Keksa Parker obrazini yaratish jamoadan qo‘shimcha ikki soat vaqt talab qildi.

Pol Bettani — “Qasoskorlar: Altron davri”, 2015

Foto: AdMe

Vijinni o‘ynagan Pol Bettani personajiga aylanish uchun katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Aktyorning yuziga katta grim qatlami qo‘llanilgan. Har safar qoplama olinayotganda Polning terisi shikastlangan. Makiyajni xavfsiz olib tashlashning yagona yo‘li Pol uchun maxsus jihozlangan ko‘chma sauna edi.

Idris Elba — “Yulduzli yo‘l: Cheksizlik”, 2016

Foto: AdMe

“Yulduzli yo‘l”ning 3-filmida Elba asosiy antagonist, o‘zga sayyoralik Kroll rolini o‘ynaydi. Vizajistlar jamoasi ko‘plab silikon protezlar orqali aktyorning mimikasini ko‘rinadigan qilish vazifasini oladi. Sinovlar o‘tkaziladi, asboblar o‘zgartiriladi va nihoyat kerakli qoplamalar topiladi. Bir necha soatlik grimdan so‘ng Elba dahshatli yovuz odamga aylanadi, unda aktyorni tanib bo‘lmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »