Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yilning bahorida AQSH rasmiylari Ukrainaga lend-liz dasturi bo‘yicha qurol sotishni ma’qullagan edi, ammo dastur doirasida Kiyevga qurol yetkazib berish hali boshlanmagan. Bunga sabab Vashington hali imkon borida Kiyevga qurol-yarog‘larni beg‘araz yetkazib berishni istamoqda, deb yozdi Politico nashri manbalarga tayanib.

Foto: AP Photo

“Biz xavfsizlik sohasidagi beg‘araz yordamni birinchi o‘ringa qo‘ymoqdamiz, buning uchun ular bizga pul to‘lashi shartmas”, — deb tushuntirdi Bayden ma’muriyatida ishlaydigan yuqori martabali amaldor.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, AQSH hukumati kelajakda lend-liz tizimidan foydalanishga tayyor, ammo hozir asosiy e’tibor AQSH Kongressi tomonidan tasdiqlangan boshqa vakolatlar doirasida harbiy yordam yetkazishga qaratilgan.

Lend-liz kechiktirilishining yana bir sababi shundaki, hozir Demokratik va Respublikachilar partiyalari Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash zarurati to‘g‘risida kelishib olgan. Demokratik kongressmenlardan birining yordamchisi ta’kidlaganidek, agar respublikachilar o‘z fikrini o‘zgartirsa yoki jamoatchilikning kayfiyati o‘zgarsa, Kiyev ta’minotini qonunchilik yordamida bloklashga urinishlarini chetlab o‘tish uchun lend-liz dasturi ishlatilishi mumkin.

Shu bilan birga, ba’zi kongressmenlar lend-liz dasturining kechiktirilishini tanqid qilmoqda. Tegishli qonun loyihasini ilgari surgan respublikachi senator Jon Kornin Amerika armiyasining mudofaa zaxiralari qisqarayotgani va lend-liz vakolatlari e’tibordan chetda qolayotganini bema’nilik deb atadi. Uning fikricha, lend-liz bilan yetkazib berish “qurollarni bepul tarqatishni davom ettirgandan yaxshiroq”.

Lend-liz nima?

Lend-liz — dastur, unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilarga harbiy texnika va jihozlarni uzoq muddatli ijaraga yoki qarzga bergan. 1941-yil martidan 1945-yilning avgustigacha AQSH ittifoqchilarga umumiy qiymati 50 milliard dollardan ortiq lend-liz yordamini o‘tkazgan, shundan 11 milliard dollarga yaqini SSSRga to‘g‘ri keladi.

Ukrainaga lend-liz dasturi bo‘yicha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanishidan avval, 2022-yil yanvar oyi oxirida AQSH Senatiga kiritilgan edi. Qonun AQSH prezidentiga “Ukraina aholisini Rossiya harbiy bosqinidan himoya qilish va boshqa maqsadlar uchun” qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha Kiyev bilan kelishuvlar tuzishda kengaytirilgan vakolatlarni beradi. Umuman olganda, hujjat mamlakatga harbiy yordam yetkazishni tezlashtiradi va soddalashtiradi.

AQSH prezidentining kengaytirilgan vakolatlari urush tugaganda, shuningdek, Ukraina bilan chegaralar yaqinida Rossiya qo‘shinlarining soni 2021-yilning martigacha bo‘lgan holatga qisqarganda tugatiladi.

AQSH Kongressi Senati qonun loyihasini aprel oyi boshida, Vakillar palatasi esa aprel oxirida ma’qullagan. Shundan so‘ng Bayden qonun loyihasiga imzo chekdi.

Rossiya Davlat Dumasining spikeri Vyacheslav Volodin lend-liz dasturi Ukrainani qarzga olib kelishini aytdi. “Lend-liz — bu tovar krediti va u arzon emas: Qo‘shma Shtatlar yetkazib beradigan barcha o‘q-dorilar, jihozlar va oziq-ovqat haqini Ukraina fuqarolarining kelajak avlodlari to‘laydi. Zelenskiy mamlakatni qarzga botirmoqda”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »