Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH razvedkasining fikricha, Ukrainadagi qo‘shinlarni bir joyga to‘plash bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, o‘q-dori va jihozlarning yetishmasligi sabab Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi Kiyevning umidlarini oqlamasligi mumkin. Bu haqda Pentagonning internetda tarqalib ketgan maxfiy hujjatlariga tayanib, The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Gazetaning yozishicha, 2023-yil fevraliga oid o‘ta maxfiy hujjatlarda Ukraina hujumi faqat “kamtarona hududiy yutuqlar”ga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

WP ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev hujum paytida mamlakat sharqidagi hududlarni qaytarishni rejalashtirmoqda, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari Qrimdan Rossiya armiyasini haydab chiqarish uchun janubda oldinga siljiy olishiga umid qilmoqda. Hujjatda aytilishicha, Rossiya mudofaasi mustahkamlangani, Ukraina askarlari esa yetarli darajada taʼminlanmagani va o‘qitilmagani sabab “hujum sekin kechishi va yo‘qotishlarga boy bo‘lishi mumkin”.

Bundan tashqari, gazetaning AQSH rasmiylari orasidagi suhbatdoshlari qo‘shimcha qilishicha, bunday prognozlarga Milliy razvedka kengashining bahosi ham mos kelmoqda — unga ko‘ra, Ukraina bu safar kuzgi hujumda qaytarib olgan hududichalik ko‘p yerlarini qaytarib olishi dargumon.

O‘z navbatida, jurnalistlar bilan suhbatlashgan Ukrainaning yuqori martabali amaldorlari Amerikaning bahosi ustida tortishmadi, ammo hujum qanday natija berishiga G‘arb qurollari yetkazib berilishidagi kechikishlar ko‘proq ta’sir qilishini ta’kidladi. Ukrainalik amaldorlardan biri internetda tarqalgan maxfiy ma’lumotlar qarshi hujumga xalaqit bermasligini aytdi. Chunki hujum haqida avval ham, keyin ham ko‘p narsa ma’lum edi, qo‘mondonlik esa aniq rejani operatsiya boshlanishidan bir hafta oldin ham o‘zgartirishi mumkin, deya ta’kidladi u.

Aprel oyi boshida OAV AQSH va NATOning Ukraina qurolli kuchlarini qarshi hujumga tayyorlash rejalari haqida batafsil ma’lumot beruvchi maxfiy hujjatlari internetga sizib chiqqani haqida xabar bera boshladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarmoqqa tarqalgan hujjatlar qisman tahrirlangan, xususan, urushda halok bo‘lgan ukrainaliklar soni haddan tashqari oshirib ko‘rsatilgan, Rossiya armiyasining yo‘qotishlari esa kam baholangan. Hujjatlar atay chalg‘itish uchun tarqatilgan bo‘lishi ham mumkin.

8-aprel kuni The New York Times internetda tarqalgan maxfiy hujjatlarning yangi to‘plami haqida xabar berdi. 10-aprel kuni AQSH Adliya vazirligi voqea yuzasidan tergov boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »