Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy va Rossiya Eron bilan ballistik raketalarni harakatga keltirishda foydalaniladigan asosiy kimyoviy moddalar bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Politico nashrining diplomatlarga tayanib yozishicha, bu moddaning berilishi BMT sanksiyalarini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanardi. Biroq Kremlga urush tufayli tugayotgan raketalar zaxirasini to‘ldirishga yordam berishi mumkin.

Rossiya tomonidan raketalarni quvvatlantirish uchun ishlatiladigan qattiq yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan ammoniy perxlorat bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishni “Azonit” kimyo kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan.

Pekinda muzokaralarga “Tehronning texnologiya maslahatchisi” eronlik diplomat Sajjod Ahadzoda boshchilik qilgan.

Diplomatlarni qanday Xitoy kompaniyalari jalb qilgani noma’lum. Eron olmoqchi bo‘lgan aralashmaning aniq miqdori ham noma’lum. Gap minglab raketalarni yaratish uchun yetarli miqdor haqida ketayotgani aytilmoqda.

Eronning aniq boshqariladigan va qisqa masofali ballistik raketalarining aksariyati, xususan, 700 kilometr masofaga uchadigan Zolfaghar qattiq yonilg‘i dvigatellariga asoslangan. Bundan tashqari, Eron bu yoqilg‘idan o‘zining kosmik dasturlari ostida uzoq masofali raketalarni yaratishda foydalanishi mumkin.

Mamlakat xuddi Rossiya kabi, asosan, raketa ishlab chiqarishda o‘zini-o‘zi ta’minlaydi, biroq sanksiyalar ishlab chiqarish quvvatini cheklaydi. Eron o‘zining raketa zaxiralarini ko‘paytirishdan manfaatdor.

G‘arb tahlilchilarining fikricha, Xitoyning Tehronga ammoniy perxlorat yetkazib berishni taqiqlash bo‘yicha BMT sanksiyalarini buzishga urinishi Pekinning ittifoqdoshi Rossiya istiqbollaridan chuqur xavotirda ekanini ko‘rsatadi. Taxminlarga ko‘ra, Xitoy Kreml urushda mag‘lub bo‘lmasligiga ishonch hosil qilishni xohlaydi, Pekin bu Rossiyaning qulashi va undan ham ko‘proq beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan qo‘rqadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »