Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron zilzila vaqtida yordam berish bahonasida Suriyaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berdi. Bu haqda turli mamlakatdagi to‘qqizta manbaga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, Tehronning maqsadi Isroilga qarshi harakat qilayotgan Suriya hududidagi o‘z kuchlarini kuchaytirish, shuningdek, prezident Bashar al-Assad rejimini qo‘llab-quvvatlashdir.

Reuters suhbatdoshlariga ko‘ra, 6-fevral kuni Turkiya va Suriya shimolida sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng Erondan yuzlab samolyotlar yetti hafta davomida Halab, Damashq va Latakiya aeroportlariga yuk yetkazgan.

“Yetkazib berilgan yuklar orasida ilg‘or aloqa uskunalari va radarlar, shuningdek, Eron tomonidan taqdim etilgan Suriya havo mudofaa tizimini rejalashtirilgan yangilash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar mavjud. Katta miqdordagi o‘q-dorilar yetkazib berilgan.

Bu qishning oxiri va bahorning dastlabki ikki oyida Suriya aeroportlari va qurol-yarog‘ omborlariga Isroil tomonidan hujumlarning faollashishiga olib kelgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Isroil Suriyaga qurol-yarog‘ oqimini tezda payqagan va unga qarshi kurashish uchun agressiv kampaniya boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Turkiyada yetti magnitudadan yuqori bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘lib, undan qo‘shni Suriya jabr ko‘rgan. Turkiya hududidagi tabiiy ofat qurbonlari soni 50 ming kishidan oshgan, Suriyada, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, olti mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »