Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kunning noto‘g‘ri boshlanishi kayfiyat va umumiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ish faoliyati samarasini pasaytirishi mumkin. Marie Claire nashri ertalab bajarish tavsiya etilmaydigan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: Marie Claire

Uyqu inson hayotining deyarli uchdan bir qismini egallaydi, organizmni dam olish va bu jarayon intensiv ravishda tiklanish uchun mo‘ljallangan. O‘z navbatida, uyg‘onish jarayoni va ertalab kunning qolgan qismi qanday o‘tishini belgilaydi. Shuning uchun uni to‘g‘ri boshlash juda muhim hisoblanadi. Kunning sog‘lom boshlanishiga ham, unumdorligiga ham hissa qo‘shmaydigan bir qator odatlar mavjud.

Budilnikka ko‘p vaqtni belgilash

Ertalab sog‘liq uchun eng yaxshi sarmoya — bu signal chalingandan so‘ng darhol uyg‘onishni o‘rganish va uni besh daqiqaga kechiktirmaslik. Chunki vaqtida uyg‘onmasangiz yana uyquga ketishingiz mumkin.

Ertalab turishni osonlashtirish uchun uyqu gigiyenasi deb ataladigan qoidalarga rioya qilish kerak: yotishdan oldin ovqatlanmaslik, telefonda vaqt o‘tkazmaslik yoki kechqurun televizor ko‘rmaslikni odatga aylantiring. Bunday holatda aniq uyqu rejimini o‘rnatish tavsiya etiladi.

Uyqudan turib, darhol telefonga qaramaslik kerak

Bu juda ko‘p salbiy oqibatlarga olib keladigan eng keng tarqalgan yomon odatlardan biridir. Birinchidan, juda ko‘p vaqtni oladi: ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish va xabarlarni o‘qish, yangiliklar — daqiqalar soatlarga aylanishi mumkin. Ikkinchidan, uyg‘ongandan so‘ng darhol ekran bilan aloqa qilish asab tizimining holatiga yomon ta’sir qiladi. Ta’kidlanishicha, bu holatda yomon kayfiyat, xavotir va faollikning susayish xavfi ortadi.

Uyg‘ongandan so‘ng darhol yotoqdan sakrab tushmaslik

Ko‘z ochilishi bilan organizm hali to‘liq uyg‘onishga ulgurmaydi. U muntazamlikka muhtoj, uyg‘onish holatiga o‘tish uchun vaqt kerak. Organizm uchun to‘g‘ri holatni tanlash va asabiylashishning oldini olish uchun yotoqda yotish, nafas olish yoki yengil mashqlarni bajarish mumkin.

Foto: Marie Claire

Och qoringa qahva ichish va nonushta qilmaslik

Nima uchun nonushtani o‘tkazib yubormaslik kerak? Gormonlar ishlab chiqarilishi tufayli odam uzoq vaqt to‘qlikni his qiladi, ishtahasi pasayadi, bu esa o‘z navbatida vazn kamayishiga olib keladi. Ortiqcha vazn xavf omillaridan biri bo‘lib, uyqu apnesi sindromining rivojlanishiga sabab bo‘ladi — bu kasallikda uyqu paytida nafas olish to‘xtab qoladi va qonda kislorod darajasi pasayadi. Bundan tashqari, miyokard infarkti va insultning rivojlanish xavfi oshadi.

O‘z navbatida, och qoringa qahva ichish oshqozon shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin, shuning uchun qahvani bir stakan suv bilan almashtirgan ma’qul. Nonushtadan keyingina bir chashka xushbo‘y qahva ichish tavsiya etiladi.

Qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlar bu borada ko‘proq hushyor bo‘lishi kerak. Shuningdek, ertalab qon bosimini nazorat qilish va dori-darmonlarni qabul qilishni o‘tkazib yubormaslik kerak, chunki statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insult va infarktning aksariyati tongda yuz beradi. Shuning uchun ham kunni sigaret chekish kabi yomon odat bilan boshlamaslik kerak. Qolaversa, chekishning o‘zi sog‘liq uchun juda zararli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »