Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan beri, birinchi marta Qatar davlatining favquloda va muxtor elchisi Toshkentga yuborildi. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bu ijobiy hodisa ekani to‘g‘risida fikr bildirdi.

Kamoliddin Rabbimov
Foto: “Daryo”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda bir necha mamlakatlar favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Xususan, Qatar davlatidan Hasan Hamza Hoshim prezidentga ishonch yorlig‘i topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Telegram’dagi kanalida Qatarning O‘zbekistonda elchixona ochib, elchi yuborishi ijobiy xodisa ekanini yozdi.

“O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan beri, birinchi marta Qatar davlatining favquloda va muxtor elchisi Toshkentga yuborildi. Qatar endi O‘zbekistonda elchixona ochdi. Shu paytga qadar, O‘zbekiston Qatar bilan aloqalarini Moskvadagi ushbu davlatning elchixonasi orqali yuritib keldi.

Qatar, o‘zi kichik bo‘lgani bilan, geosiyosiy nuqtayi nazardan juda muhim davlat. Bu davlat, baʼzan o‘zining gigant qo‘shnilari bo‘lmish Saudiya, Birlashgan Arab Amirliklari va bevosita qo‘shnisi bo‘lmagan Misr bilan ham tirasha oladi. Qatarning geomafkurasi juda unikal. Bu davlatning rahbarlarida islom sivilizatsiyasining istiqboli borasida maʼlum loyihalar bor. Mana shunday loyihalar esa, misol uchun, Saudiyada ko‘rinmaydi. Saudiyada bugungi kunda milliy, yaʼni, faqat shu davlatning o‘z hududi va xalqi bilan bog‘liq loyihalar ustuvor. Qatarning O‘zbekistonda elchixona ochib, elchi yuborishi ijobiy hodisa” — deb yozgan siyosatshunos.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kamoliddin Rabbimov fikricha, O‘zbekiston global maydondagi subyektivligini oshirish uchun yangi loyihalar yaratishi kerak.

“O‘zbekiston o‘zining mintaqadagi, Turkiya va musulmon dunyosidagi, global maydondagi subyektivligini oshirishda, fundamental o‘zliklar va global qadriyatlarni sintez qilish orqali yangi loyihalar yaratishi kerak bo‘ladi. Hozircha esa, bizda yana o‘sha eski qadriyat “xavfsizlik va barqarorlik” monopoliyaga intilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu yaqin o‘tmishda, O‘zbekiston uchun ijobiy yutuqlar bermadi. Endi esa, umuman bera olmaydi”, — deya qayd etgan ekspert.

Avvalroq O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ochilishi xabar qilingandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »