Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina o‘q-dorilar yetishmasligi va yomon ob-havo tufayli bahorgi qarshi hujumni kechiktirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Nashrning yozishicha, Ukraina o‘z hududlarini qaytarib olish niyatida, shu uchun barcha tarkibiy qismlarga ega bo‘lmagan holda qarshi hujumni boshlashga tavakkal qilolmaydi.

“Kutilayotgan bahorgi hujum Ukraina uchun hududlarni qaytarib olishda hal qiluvchi imkoniyat sifatida taqdim etildi. Ammo ob-havo, texnikalarni yetkazib berishdagi sekinlik va o‘q-dorilar yetishmasligi tufayli operatsiya kechiktirildi”, — deyiladi maqolada.

Baxmutda joylashgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni ukrainaliklar “yaqinda safarbar qilingan” Rossiya qo‘shinlarini kuzatganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar “o‘z pozitsiyalarini juda yaxshi mustahkamlamoqda".  Ukrainalik qo‘mondon ba’zi janglar muvaffaqiyatli bo‘lishiga qaramay, uning bo‘linmasi keng ko‘lamli hujumga tayyor emasligini ta’kidladi.

Shuningdek, Ukraina armiyasining ahvoli va qarshi hujum rejalarini tavsiflovchi Pentagonning “sizib chiqqan” maxfiy hujjatlari ham qarshi hujumga o‘tishga imkon bermayotgani qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »