Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga doir qonun hujjati qabul qilinganini olqishladi.

“Ushbu qonun barcha o‘zbekistonliklarning o‘z jamoalari, ish joylari va uylarida o‘zlarini xavfsiz his qilishlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir”, — deyiladi elchixona bayonotida.

Ta’kidlanishicha, AQSH oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga himoya va qo‘llov olishda yordam berishga sodiq qoladi hamda O‘zbekiston huquq-tartibot organlari, sud tizimi va fuqarolik jamiyati bilan ushbu qonunni hayotga tatbiq etishda hamkorlik qilishga tayyordir.

O‘zbekistonda ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun 11-aprel kuni imzolandi. Qonun imzolangani haqida e’lon qilgan Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva “biz nihoyat tajovuzkorlarni javobgarlikka tortish orqali ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qila olamiz”, deb aytgandi.

Adliya vaziri maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova qonunning qabul qilinishi tarixiy hodisa ekanini qayd etgandi. “Nazarimda, ushbu qonunning qabul qilinishi tarixiy bir hodisa. Umuman, qonun loyihasi bir yil davomida bosib o‘tgan yo‘lining o‘zi alohida bir tarix. Mana shu tarixga ozmi-ko‘pmi guvoh bo‘lgan, daxldor bo‘lgan inson sifatida aytamanki, bu qonunning jamiyatga yetkazayotgan o‘zgacha bir yangi mujdasi bor. Ya’ni endi zo‘ravonlikka avvalgidek toqat qilib bo‘lmaydi”, — degan edi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »