Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari noqonuniy ravishda AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro A.I.ni 30 ming AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy ravishda ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs Z.N.ni 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Yana bir holatda, hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.R. va boshqalar fuqaro A.S.ni 20 ming AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida AQSHga yuborishga kelishib, shundan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkentda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan talaba ushlangani, Samarqand shahrida 64 nafar fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, ularning 4 milliard so‘mini o‘zlashtirganlarga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Avvalroq chet elda ishlamoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Germaniya, Isroil, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha davlatlariga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etayotgani ma’lum qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »