Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Latviya Mudofaa vazirligi latviyalik harbiy xizmatchilar Ukrainaga yuborilganini tasdiqladi, ularga elchixonani qo‘riqlash kabi “yordamchi vazifalarni” bajarish topshirilgan, deb xabar bermoqda Delfi vazirlikka tayanib.

Foto: Sputnik

Vazirlik Latviya harbiylari jangovar harakatlarda qatnashmasligini ta’kidladi. Mudofaa vazirligi Ukrainada qancha askar borligiga aniqlik kiritmadi va ularning vazifalari tafsilotlarini oshkor etmadi.

Pentagonning internetga sizdirilgan maxfiy hujjatlaridan birida Ukrainada Buyuk Britaniyaning (50 kishi), Latviya (17 kishi), Fransiya (15 kishi), AQSH (14 kishi) va Niderlandiyaning (1) harbiy xizmatchilari borligi aytilgan. Ular Ukrainada aynan nima qilayotgani hujjatda oshkor etilmagan.

O‘z navbatida, AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi ham Fox News’ga bergan intervyusida Ukrainadagi Amerika elchixonasida kam sonli AQSH harbiylarining mavjudligini tasdiqlagan.

Pentagonning maxfiy hujjatlari internetda tarqalib ketgani haqida aprel oyi boshida ma’lum bo‘ldi. Ularda xususan, AQSH va NATOning Ukraina Qurolli kuchlarini qarshi hujumga tayyorlash rejalari tasvirlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarmoqqa tarqalgan hujjatlar qisman tahrirlangan, xususan, urushda halok bo‘lgan ukrainaliklar soni haddan tashqari oshirib ko‘rsatilgan, Rossiya armiyasining yo‘qotishlari esa kam baholangan. Hujjatlar atay chalg‘itish uchun tarqatilgan bo‘lishi ham mumkin.

8-aprel kuni The New York Times internetda tarqalgan maxfiy hujjatlarning yangi to‘plami haqida xabar berdi. 10-aprel kuni AQSH Adliya vazirligi voqea yuzasidan tergov boshladi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »