Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13-aprel kuni imzolangan “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bilan qurilish tashkilotlariga qator imtiyozlar berildi.

Hujjatga ko‘ra, qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

Pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uy-joylarni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bitta qavat uchun kredit olish huquqi berildi. Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi.

Banklar o‘z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyotini davom ettiradi. Bunda, qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to‘lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi uzaytirildi. Bunda, kompensatsiya — har bir uy-joy uchun kreditning 5 milliard so‘midan, kafillik — 2,5 milliard so‘midan oshmagan miqdoriga beriladi.

2025-yil 1-yanvarga qadar yuqori markali sement, arralanadigan yog‘och, fanera, taxtadan yasalgan opalubka va oynani import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »