Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi 13-aprelga o‘tar kechasi xabar berdi. Keyinroq Yonhap agentligi yana Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, KXDR o‘rta yoki uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi raketasini sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Foto: Twitter

Yaponiya hukumati mahalliy vaqt bilan taxminan soat 8:00 da Xokkaydo oroli shimolidagi aholidan boshpanalarga berkinishni so‘radi: xavfsizlik tizimi KXDR raketasi orolga yoki uning yaqiniga tushishi mumkinligini bashorat qilgan. Tez orada signal bekor qilindi — Tokiodagilar prognoz xato chiqqanini va Shimoliy Koreya raketasi dengizga qulaganini aytishdi. Bosh vazir Fumio Kisida raketa uchirilishi munosabati bilan Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashining yig‘ilish o‘tkazish rejasini ma’lum qildi.

10-aprel kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatning oliy harbiy rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. U Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenalini yanada “amaliy va hujumkor” tarzda mustahkamlashga va’da bergan. Bu harakatlar Kimning ta’biri bilan aytganda, raqiblarining “ahmoqona” harbiy mashqlari fonida amalga oshirilmoqda.

Shimoliy Koreya AQSH—Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlari fonida faollashdi

23-mart kuni Janubiy Koreya va AQSHning 10 kun davom etgan eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari yakunlangan edi. Ushbu mashqlar davomida Pxenyan bir hafta davomida dengizga kamida beshta raketani, shu jumladan kamida bitta uzoq masofali raketani uchirdi.

Shuningdek, Pxenyan yadro qurolini olib yurishga qodir bo‘lgan yangi suvosti dronini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini, bu qurol suv ostida portlab “o‘ta kuchli radioaktiv sunami”ni keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. Biroq Janubiy Koreya va AQSH tahlilchilari Pxenyanda bunday qurollar borligiga shubha bilan qaramoqda.

2022-yilda Shimoliy Koreya 50 dan ortiq raketa sinovlari o‘tkazgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »