Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal 12-aprel kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuvda uzoq masofali raketalar, F-15 va F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, shuningdek, qo‘shimcha zirhli mashinalar va boshqa qurollarni Kiyevga berishni so‘radi.

Denis Shmigal va Lloyd Ostin
Foto: “Defense.gov”

“Ukraina hanuz faol harbiy yordamga, havo hujumidan mudofaa tizimlariga, shuningdek, og‘ir artilleriya, minomyot va o‘q-dorilarga muhtoj. Shuningdek, Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi raketalar bilan ta’minlash imkoniyatini qayta ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz”, — dedi Shmigal Pentagondagi uchrashuvda.

Bundan tashqari Ukraina bosh vaziri yana bir bor AQSHni Kiyevga qiruvchilar yetkazib berish bo‘yicha koalitsiyaga qo‘shilishga chaqirdi. “Amerika Ukrainani F-15 va F-16 samolyotlari bilan ta’minlash orqali yana o‘zining yetakchilik rolini namoyish qilishi mumkin”, — dedi u.

“O‘zimizni va Yevropani himoya qilish uchun bizga ko‘proq og‘ir texnika, shuningdek, samolyotlar kerak. Biz AQSHning tank koalitsiyasiga qo‘shilishini, Ukrainaga Abrams tanklari, shuningdek, Bradley hamda Stryker piyodalar uchun jangovar mashinalarini yetkazib berish haqidagi qarorini olqishlaymiz. Qarshi hujumning muvaffaqiyati uchun bunday ta’minotni ko‘paytirish kerak”, — dedi Shmigal.

AQSH harbiy yordami ustidan nazorat qilishga kelishildi

O‘z navbatida, Lloyd Ostin Qo‘shma Shtatlar allaqachon Ukrainaga katta miqdorda harbiy yordam ko‘rsatganini eslatdi. “Biz xavfsizlik uchun o‘nlab milliard dollarlik yordam ko‘rsatdik. Ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda HIMARS va gaubitsalar, NASAMS va IRIS-T, Stryker mashinalari, Leopard tanklari va boshqa ko‘plab tizimlarni yetkazib berdik. Jang maydonida bular natijasini berdi”, — deya Ostinning so‘zlarini keltiradi “Amerika Ovozi”.

Pentagon matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, Ostin va Shmigal “Rossiya agressiyasining davom etishi fonida AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi, jumladan, “havo mudofaasi va artilleriya kabi xavfsizlik yordami hamda ukrainalik askarlarni tayyorlash kabi ustuvor yo‘nalishlar”ni muhokama qilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, tomonlar AQSHning Kiyevga harbiy yordami qanday sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish muhimligi haqida kelishib olgan. Ostin, shuningdek, Shmigalni 21-aprelda bo‘lib o‘tadigan Kiyevga harbiy yordam bo‘yicha G‘arbiy aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishining asosiy masalalaridan xabardor qilgan va AQSH Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »