Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqining inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Endryu Gilmor O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Kadr: CIHRS

Uning yozishicha, 17-aprel kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining Inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Endryu Gilmor boshchiligidagi delegatsiya keladi.

Delegatsiya vakillari O‘zbekiston rasmiylari, davlat va jamoat tashkilotlari mulozimlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashadi.

“Bilishimizcha, delegatsiya mamlakatda inson huquqlari vaziyati, demokratik jarayonlar va referendum masalasi bilan qiziqadi”, — deb yozadi Tashanov.

Endryu Gilmor Oksford universitetida tarix, shuningdek, London iqtisodiyot maktabida tarix va boshqaruv yo‘nalishlarida magistrlik darajalarini olgan. U hozirgi lavozimiga qadar BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi bo‘lgan. 2019-yilda Yevropa Ittifoqidagi lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq Fulvio Martushello boshchiligidagi Yevroparlamentning besh deputatidan iborat Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishi ma’lum qilingandi. Ushbu tashrif Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, O‘zbekistonda bo‘lajak Konstitutsiyaviy referendum hamda Kengaytirilgan sheriklik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning imzolanishi munosabati bilan ikki tomonlama munosabatlar uchun muhim pallada bo‘lib o‘tayotgani aytilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »