Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hokimligi viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, internetda Shuhrat Abdurahmonov aks etgani iddao qilingan video tarqalishi ortidan, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda viloyat hokimining shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obro‘sizlantiruvchi haqoratomuz postlar eʼlon qilingan.

Shu sababli insonning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi maʼlumotlar tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborilgan.

“Hozirda qonunga xilof bunday maʼlumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Hokimlikning eslatishicha, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 13-moddasiga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Ushbu oliy qadriyatni buzganlik uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilangan.

Izoh

Ботир

14.04.2023, 15:42

Яхши инсонни шани, кадр киммати борлигини, у конституция билан курикланишини билишар экан а, конунни шунака вактларда тусатдан ишлаб кетишига беш кетаманда,

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »