Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aliya Nazarboyeva va Bolat Nazarboyevning Olmaota yaqinidagi yerlari davlat mulkiga qaytarildi. Bu haqda Olmaota viloyati prokuraturasiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Aliya Nazarboyeva, Bolat Nazarboyev
Kollaj: Tengrinews

13-aprel kuni viloyat prokurori Berik Adamov raisligida yer qonunchiligiga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yerdan oqilona foydalanish, noqonuniy yo‘llar bilan olingan yerlarni qaytarish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat nazorat organida ikki ming gektardan ortiq yerni sud qarori bilan davlatga qaytarishga erishilgani ma’lum qilindi. Yer uchastkalari Olmaota viloyatining Jambil va Qorasoy tumanlarida joylashgan. Ilgari ular Aliya va Bolat Nazarboyevlarga tegishli bo‘lgan.

“Jambil viloyati hokimligining 2012-yil 21-dekabr va 2013-yil 15-apreldagi qarori bilan Nazarboyeva A.N.ga qarashli ‘Jandanu’ fermer xo‘jaligiga ijaraga yer uchastkalari berildi. Shu bilan birga, kadastr faylida ikkala qaror uchun ijara shartnomalari mavjud bo‘lmagan.

Tuman hokimligining javobiga ko‘ra, Nazarboyeva A.N. nomidagi ‘Jandanu’ fermer xo‘jaligi bilan ushbu yerlar uchun ijara shartnomalari tuzilmagan. Keyinchalik yer to‘rtta alohida uchastkaga bo‘lingan. Bundan tashqari, Olmaota viloyati tuman hokimligining 2014-yil 13-yanvardagi qarori bilan ushbu yer uchastkalari ‘Jandanu’ga xususiy mulk huquqi asosida berilgan”, — deyiladi xabarda.

Keyin yer uchastkalari birlashtirilib, ularga bittadan davlat dalolatnomasi rasmiylashtirilib, kadastr raqami berilgan. Umumiy maydoni 445 gektar bo‘lib, dehqonchilik maqsadi ko‘zlangani keltirilgan. Prokuratura yer qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblamoqda.

Bolat Nazarboyevning yerlariga kelsak, 2016-yil 13-iyulda Qorasoy tumani hokimligi qarori bilan Aisam and Co.Ltd mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (hozirgi asoschisi Nazarboyevning ukasi) 1485 gektar yer uchastkasi ijaraga berilgan. Viloyat prokurori yer uchastkasi shirkatga yer qonunchiligi talablari buzilgan holda berilgan, deb hisoblagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »