Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya birinchi marta “Xvason-18” qit’alararo ballistik raketasini uchirgan, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi.

Foto: KCNA

Raketa uchirilishiga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshchilik qilgan. Uning ta’kidlashicha, “Xvason-18” “mamlakatning dushman hujumiga qarshi yadroviy zarba berishga tayyorligini” oshiradi va “strategik tiyib turuvchi kuchlar tarkibini tubdan qayta qurish” imkonini beradi. Koreya markaziy axborot agentligi yozishicha Kim Chen In “parvoz natijalaridan mamnunligini bildirgan”.

Raketaning ikkala qismi Shimoliy Koreya qirg‘oqlaridan 10 va 335 kilometr uzoqlikda dengizga qulagan, deyiladi xabarda. Mamlakat rasmiylari uchirish “qo‘shni davlatlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan”ini aytgan.

13-aprel kuni Janubiy Koreya harbiylari KXDR Yapon dengizi tomon o‘rta yoki uzoq masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa uchirgani haqida xabar bergandi. So‘ng Janubiy Koreya va AQSH razvedka idoralari raketa xususiyatlarini tahlil qilishni boshladi. Vashington sinovlar davomida qit’alararo ballistik raketa uchirilgan degan xulosaga keldi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »