Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 12-aprel kuni 21 yoshli yigit sport klubida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, soat 22:15 da Yangiyo‘l tumanida yashagan, Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich talabasi D.A. Yangiyo‘l shahri tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.

Marhum D.A.ning Yangiyo‘l shahri “Ramadan” MFYda joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashib qolgan va shu yerning o‘zida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqani va marhumda tan jarohatlari mavjud emasligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

11-aprel kuni Toshkentning Mirobod tumanidagi 110-maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »