Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 289-maktabda 14-aprel kuni 11-sinf o‘quvchisi 3-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda poytaxt maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Bektemir tumani hokimligi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 10:15 da sodir bo‘lgan. Katta tanaffus paytida 11-sinf o‘quvchisi S.A. 3-qavat oynasidan tashqariga qaraganida o‘z muvozanatini yo‘qotgan va pastga tushib ketgan.

O‘quvchilar bu haqda maktab ma’muriyatini xabardor qilgan. Shu zahotiyoq maktab hamshirasi o‘quvchi S.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. So‘ngra tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan.

S.A. jarohat olmagan va ayni paytda salomatligi yaxshi. Prokuratura hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib bormoqda. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov o‘rganish yakuni bo‘yicha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »