Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning Gochin kompaniyasi rasmiylari va vakillari Afg‘onistondagi litiy zaxiralariga 10 milliard dollar sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Etilaatroz

Ma’lumot “Tolibon” hukumatining kon va neft vazirligi tomonidan e’lon qilingan. Unga ko‘ra, mazkur investitsiyalar mamlakatda 120 ming to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bir million bilvosita ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Xitoy kompaniyasi yetti oy ichida Afg‘oniston shimoliy viloyatlaridagi eng yirik transport yo‘llaridan biri bo‘lgan Solang o‘tish yo‘lini ta’mirlaydi, yana bir tunnel qaziydi.

Kompaniya litiy zaxiralarini qazib olish jarayoni Afg‘oniston ichida olib borilayotgani, uni qayta ishlash uchun Kumar va Lag‘mon yo‘llarini asfaltlanishi hamda gidroelektr stansiyasi qurilishini ta’kidladi.

“Tolibon” hukumatining kon va neft vaziri Shahobiddin Delover Gochin kompaniyasining Afg‘onistondagi litiy konlariga sarmoya kiritishga bo‘lgan qiziqishini olqishladi va litiy dunyodagi noyob konlardan biri ekanini aytdi. U barcha afg‘on xalqining “umidi” mamlakatning litiy konlariga qaratilganini qayd etdi.

Yanvar oyida Tolibonning kon va neft vazirligi Xitoyning China Oil Economic and Information Research Center kompaniyasi bilan Amu neft konini qazib olish bo‘yicha shartnoma imzolagandi, uning Afg‘onistondagi ulushi 20 foizni tashkil etadi va kelajakda 75 foizga yetkaziladi. “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olganidan beri Xitoy hozirgi rejim bilan iqtisodiy aloqalar orqali o‘z ta’sirini oshirdi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Xitoy kompaniyalari Afg‘onistonning 1 trillion dollardan ortiq baholangan litiy zaxiralariga kirishni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »