Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

14-aprel kuni Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi qurolli to‘qnashuvda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ning mamlakatdagi muxbiri xabar berdi.

Paktika viloyatidagi mahalliy axborot manbalarining xabar berishicha, viloyatning Xayrkot tumanida “Tolibon” va qurollangan shaxs o‘rtasidagi to‘qnashuvda to‘qqiz kishi, jumladan, bir oilaning sakkiz a’zosi halok bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, bu mojaro “Tolibon” kuchlari jinoyatchini qo‘lga olish maqsadida uyga operatsiya boshlaganida sodir bo‘lgan. Ikki tomon o‘rtasidagi to‘qnashuvda bir oilaning sakkiz nafar a’zosi, jumladan, ayollar va bolalar hamda qurollangan shaxs halok bo‘lgan.

Qurbonlar orasida besh bola, bir o‘g‘il va bir qiz hamda uch ayol borligi aytilmoqda. Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, qurollangan shaxs birovning uyiga yugurib kirgan va o‘zini qutqarish uchun bu oila a’zolarini garovga olgan.

Oilaning sakkiz a’zosi qurollangan shaxs yoki “Tolibon” kuchlari otishmasi oqibatida halok bo‘lganmi-yo‘qmi hozircha aniqlanmagan. Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi “Tolibon” xavfsizlik xodimlari hozircha bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumot bermagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »